Tashkilotni UzLink’ga ulash
Kompaniya yoki davlat idorasini qo‘shing, E-IMZO orqali tasdiqlang va jamoa uchun yagona ish maydonini oching.
Xavfsiz videouchrashuvlar orqali O‘zbekiston tashkilotlarining aloqasi va hamkorligini rivojlantiramiz.
O‘zbekistondagi korxona va davlat tashkilotlariga ishonchli, xavfsiz va mahalliy ehtiyojlarga moslashtirilgan videokonferensiya yechimlarini taqdim etish — samarali ish va davlat xizmatlarini rivojlantirish uchun.
Xavfsizlik biz uchun qo‘shimcha funksiya emas, balki har bir mahsulotimizning asosi.
O‘zbekiston tashkilotlarining real ehtiyojlarini o‘rganamiz va ularga mos yechim yaratamiz.
Foydalanish ssenariysi, kerakli funksiyalar va joriy etish shartlarini jamoamiz bilan muhokama qiling.
Uchrashuvga kim, qachon va qayerdan qo‘shilishini tashkilotning o‘zi belgilaydi.
Har bir tashkilot bilan alohida ishlaymiz — joriy etishdan kundalik foydalanishgacha.
Tashkilotingiz uchun kerakli hamma narsa — bitta xavfsiz platformada.
Tashkilotingizni ulang, xodimlarni qo‘shing va uchrashuvlarga kim kirishini belgilang.
Kompaniya yoki davlat idorasini qo‘shing, E-IMZO orqali tasdiqlang va jamoa uchun yagona ish maydonini oching.
Tashkilotga xodimlarni taklif qiling, rollarni belgilang va obunalarni ular orasida taqsimlang.
Elektron raqamli imzo kaliti orqali hisobingizga parolsiz va xavfsiz kiring.
Uchrashuvni parol bilan yarating — unga faqat parolni bilganlar qo‘shila oladi.
Ishtirokchilar avval kutish xonasiga tushadi, host ularni birma-bir yoki hammasini birdan qabul qiladi.
Konferensiyaga faqat ruxsat etilgan IP-manzil va tarmoqlardan kirishga ruxsat bering.
Host uchrashuvni to‘liq boshqaradi: ishtirokchilar, ekran va so‘rovnomalar.
Ovozni yoqishni so‘rang, videoni to‘xtating, taqdimotchi tayinlang, geolokatsiyani so‘rang, chiqarib yuboring yoki bloklang.
Ishtirokchi ruxsati bilan uning ekranini masofadan boshqaring — yordam va namoyish uchun qulay.
Uchrashuv davomida so‘rovnoma o‘tkazing va natijalarni real vaqtda ko‘ring.
Hujjatlarni imzolang, yozuvlarni bulutda saqlang va natijalarni hisobotda ko‘ring.
Konferensiya davomida hujjatlarni E-IMZO bilan imzolang. Imzolangan hujjat QR-kod orqali tekshiriladi.
Uchrashuvlar bulutga yoziladi: yozuvlar xavfsiz saqlanadi va istalgan vaqtda yuklab olinadi.
Uchrashuv tugagach — davomiylik, ishtirokchilar, kirish va chiqish vaqtlari. Hisobotni PDF’da yuklab oling.
Ovoz, video, ekran va birgalikdagi ish uchun asosiy vositalar.
Uchrashuv vaqtida butun ekran, alohida oyna yoki brauzer vkladkasini real vaqtda ko‘rsating.
Kamera ishtirokchilar bilan yaqinroq aloqa o‘rnatishga yordam beradi. 8K va 60 fps gacha qo‘llab-quvvatlanadi.
Aks-sado va shovqinni bostirish texnologiyalari tufayli toza va aniq ovoz.
Ishtirokchilar uchrashuv davomida matnli xabarlar orqali tezkor muloqot qiladi.
Muhim uchrashuvlarni keyinroq ko‘rish uchun audio va video formatda to‘liq yozib oling.
Ishtirokchilar real vaqtda birgalikda chizadi, yozadi va g‘oyalarni vizual tarzda bo‘lishadi.
Uchrashuv davomida hujjatlarni real vaqtda birgalikda tahrirlang va izoh qoldiring.
Hujjatlar, rasmlar va boshqa fayllarni barcha ishtirokchilar bilan xavfsiz almashing.
Professional ko‘rinish yoki shaxsiy hayot daxlsizligi uchun real vaqtda virtual fon qo‘llang.
5 tilda — telefonda ham, kompyuterda ham.
Interfeys o‘zbek (lotin va kirill), rus, ingliz va qoraqalpoq tillarida.
Uchrashuvlarga istalgan joydan qo‘shiling: kalendar, chat va bildirishnomalar telefoningizda.
Brauzer ochmasdan, kompyuteringizdan bir bosishda uchrashuvga qo‘shiling.
Shartlarni solishtiring va kompaniyangiz uchun namoyish so‘rang.